Konnopol polkining roʻyxat daftarida bu inson haqida shunday yozilgan edi: "Safdosh Aleksandr Vasilyev oʻgʻli Sokolov, 17 yoshda, boʻyi ikki arshin besh vershok, belgilari: yuzi bugʻdoyrang, chechak izi bor, sochlari sargʻish, koʻzlari jigarrang, oʻzi Perm guberniyasi rus dvoryanlaridan, dehqonlari yoʻq, dvoryanlik isbotini taqdim etmadi; 1897-yil martidan xizmatda, ruscha oʻqish va yozishni biladi, sudlangan yoki jarimaga tortilmagan, boʻydoq". Shuni qoʻshimcha qilamizki, yuqorida tavsiflangan insonning unga turmushga chiqadigan biror ahmoq topilishiga hatto umidi ham yoʻq edi. Ammo bu insonning ijodi XIX asrning 30-40-yillari adabiyotida oʻchmas iz qoldirdi. Koʻpchilik hatto uning taxallusi ostida Pushkinning oʻzi yozadi deb oʻylashgan. Uning haqiqiy ismi nima edi?