16-asrgacha ularni tayyorlash uchun asosiy material qo'rg'oshin yoki kumush bo'lgan. 16-asrda ularni Angliyada topilgan ma'lum bir mineraldan tayyorlay boshlashdi. 18-asr oxirida chex fabrikanti Gartmut o'z zavodi mahsulotlarini — kimyoviy kosachalarni ko'zdan kechirayotib, ehtiyotsizlik bilan ulardan birini tushirib yubordi va sindirdi. Parcha tushayotib qog'oz varag'iga tegdi. Qisqa tajribalardan so'ng, Gartmut loyni Angliyada topilgan o'sha mineral bilan aralashtirib, ularni ishlab chiqarishni boshladi. Ushbu mineralni ayting.