Shekspirning shaxsi borasida hozirgacha koʻplab bahslar davom etmoqda. Shekspir roliga "nomzod"lardan biri, dramaturg Kristofer Marlo 1593-yilda politsiya tomonidan uyushtirilgan mayxonadagi mushtlashuvda oʻldirilgan. Biroq amerikalik jurnalist Kalvin Xoffman oʻz kitobida mushtlashuv sahnalashtirilganini, Marlo esa qitʼaga qochib ketib, u yerda oʻz asarlarini yozganini va ularni Angliyaga yuborib, Shekspir nomi bilan nashr ettirganini isbotlashga harakat qilgan. Xoffman Shekspirning koʻplab qoʻlyozmalari nashr etilmagan va Marlo qabrida saqlangan deb hisoblagan. Olimlar tomonidan qabr ochilgan, ammo hech narsa topilmagan: "na tobut, na qogʻozlar, faqat qum". Jurnalistlar hatto... kim ham topilmadi deb hazillashishgan?