1559-yilning oktyabr kunlaridan birida Valyadolid shimoliy shahrida 200 mingga yaqin ispan katoliklari to'plandi. Diqqat markazida autodafé (diniy jazo marosimi) bo'lib, unda "ikki qurbon tiriklayin yoqib yuborildi, o'n kishi esa osildi". Bu qurbonlar bid'atchilar edi. Qirol Filipp II voqealarni bevosita nazorat qilib turardi. Mahkum shafqat so'raganida, qirol g'azab bilan: "Agar mening o'z o'g'lim shunday razil bo'lib, ushbu kitobni o'qiganida, uni yoqish uchun o'z qo'llarim bilan bir quchoq o'tin keltirgan bo'lardim!" deb hayqirdi. Xo'sh, qaysi kitobni o'qigani uchun ispan inkvizitsiyasi shunchalik qattiq jazolagan?