Iqtibos: "1515-yilda ota Bartolome de Las Kasas Antil oltin konlari doʻzaxida ogʻir mehnatdan tinkasi qurigan indeyslarga juda rahmi keldi va imperator Karl V ga bir narsani taklif qildi, biz buning uchun son-sanoqsiz oqibatlardan qarzdormiz: Xendining blyuzlari, Avraam Linkolnning mifologik ulugʻvorligi, Shimol va Janub oʻrtasidagi urushda halok boʻlgan besh yuz ming kishi, Akademik lugʻatning oʻn uchinchi nashriga "linch qilish" feʼlining kiritilishi va boshqalar." Ota Bartolome nimani taklif qilgan edi?
Amerikaga negrlarni olib kelishni va ulardan qul sifatida foydalanishni.