Afsonaga koʻra, Leonardo da Vinchining kun tartibi shunday boʻlgan: u har toʻrt soatda 15 daqiqa uxlab olgan va shu tariqa sutkasiga atigi bir yarim soat uxlab, doimo ish qobiliyatini saqlab qolgan. Bizning davrimizda bir italiyalik rassom buyuk salafiga taqlid qilishga qaror qildi. U ushbu usulni oʻzlashtirdi va uning samaradorligiga ishonch hosil qildi, ammo yarim yildan soʻng yana odatdagi sakkiz soatlik uyquga qaytdi. Nima uchun?
Boʻshab qolgan vaqtni qayerga sarflashni bilmagan.