Ma’lumki, ba’zi daholar deyarli uxlamaganlar. Masalan, Edison laboratoriyasi xodimlari u (maxsus) uxlamasligini, lekin har bir bo‘sh daqiqadan mizg‘ib olish uchun foydalanganini aytishgan. Hatto ko‘plab fotosuratlarda ham u uxlab yotgan bo‘ladi. Leonardo da Vinchining o‘z usuli bo‘lgan: u har 2 soatda 15 daqiqadan uxlagan. Bizning davrimizda fiziologlar bunday hayot tartibining imkoniyatlarini tekshirib ko‘rishga qaror qilishdi. Sinovdagilar ma’lum bir ishni bajarishlari kerak edi, uyqu uchun esa har 2 soatda 15 daqiqa ajratildi. Qisqa vaqt ichida bu tartib ular uchun odatiy bo‘lib qoldi va ish qobiliyati bir necha foizga (5-15%) oshdi. Tajriba tugashi bilan ruhlangan "quyonchalar" bir ovozdan muxbirlarga endi qanday ishlash kerakligini bilishlarini va kelajakda aynan shu tartibda yashash niyatida ekanliklarini aytishdi. Biroq uzoqni ko‘ra oladigan fiziologlar muxbirlarga sinovdagilarga xuddi shu savolni ikki oydan keyin berishni maslahat berishdi. Va bejiz emas: ma’lum bo‘lishicha, o‘sha vaqtga kelib barcha (BARCHA!) tajriba ishtirokchilari odatdagi hayot tartibiga qaytishgan. Nima uchun?
Shunchaki, paydo bo‘lgan bo‘sh vaqtda nima bilan shug‘ullanishni bilmay qolishgan.