gotquestions.online

Klassik uch qatlamli turidan tashqari, mana 15 yildan ortiq vaqt davomida to'rt va besh qatlamlilari ham ishlab chiqarilmoqda. Muhandis-konstruktorlar uzoq vaqt davomida olti qatlamli variantni yarata olishmadi. Bu vazifani sovet ixtirochisi Boris Bocharov hal qila oldi. Bocharovning ixtirosidan bexabar holda, gretsiyalik Panayotis Verdes ham o'z uslubi bilan 2005-yilda ilk olti qatlamlilarni ishlab chiqardi. Qizig'i shundaki, hali 1990-yilda sovetlarning "Znaniye" nashriyotida istalgancha qatlamli variantni yig'ish algoritmi tasvirlangan kitob nashr etilgan edi. Savolda nima haqida gap ketayotganini ikki so'z bilan ayting.

Manba