Ushbu konstruksiya 26 ta qismdan iborat. Ularni 3 turga boʻlish mumkin: markaziy, burchakli va yon qismlar. Markaziylari jami 6 ta boʻlib, ular oʻzaro uchta oʻq bilan bogʻlangan, har bir qarama-qarshi juftlik faqat oʻz oʻqi atrofida aylana oladi. Markaziy qismlarning har biri faqat bir tomondan boʻyalgan. Burchaklilari jami 8 ta boʻlib, ular uch tomondan boʻyalgan. Yon qismlar ikki tomondan boʻyalgan va ularning soni 12 taga teng. Ushbu konstruksiya butunligicha qanday mashhur nom bilan ataladi?