Ularni, hech qanday aybi boʻlmasa-da, turli davrlarda barcha ogʻir gunohlarda ayblashgan. Parijda ular uchun avliyo Jan bayrami halokatli boʻlgan, 1471-yilda bu yerda Lyudovik XI ishtirokida ilk bor bir vaqtning oʻzida ikki oʻnlab ular yoqib yuborilgan. Belgiyada ularni baland minoralardan tashlab yuborish anʼanasi boʻlgan. Bu anʼana bugungi kunimizga ham yetib kelgan, faqat biroz oʻzgarish bilan. Qanday oʻzgarish?
Hozirgi kunda tirik mushuklarni emas, balki oʻyinchoq (plyusheli) mushuklarni tashlashadi.