Bir versiyaga koʻra, cherkov juda mashhur butparastlik bayramini toʻgʻridan-toʻgʻri bekor qilishga jurʼat etolmay, uni boshqa xristian bayrami bilan almashtirishga qaror qilgan. Bu yangilik oʻrnashib qoldi va 498-yilda bu kun ilk bor rasmiy bayram sifatida nishonlandi. Boshqa bir versiyaga koʻra, Fransiya va Angliyada ushbu bayram oʻtkaziladigan kunda qushlarning juftlashish davri boshlanadi. Biroq, eng mashhur versiyaga koʻra, bu bayram oʻtkaziladigan kun qatl qilingan kun hisoblanadi. Kimning qatli?