BU narsa bilan tamaddi qilish anʼanasi Min sulolasi hukmronligining ilk davriga — 14-17-asrlarga borib taqaladi. BUNDAN faqat tovuq goʻshti qoʻshiladigan shoʻrva tayyorlashda foydalaniladi. BU narsani yigʻuvchilarning kasbi dunyodagi eng xavfli kasblardan biri hisoblanadi — ular maxsus dorlar orqali tong saharda yuqoriga koʻtarilib, quyosh botganda pastga tushadilar va ish kuni davomida BUNDAN boshqa hech narsa yemaydilar. Bundan tashqari, yovuz ruhlardan himoyalanish maqsadida BU narsa qoʻl bilan emas, maxsus asboblar bilan yigʻiladi. BU nima?