Angliyada "Parlament iboralari lugʻati" nashr etilgan. Unda yoqimsiz iboralarning oʻrnini bosuvchi soʻzlar yozilgan. Masalan, bir soʻz uchun naq 125 ta muqobil variant berilgan. Mana ulardan baʼzilari: "terminologiyada noaniq shaxs" va "haqiqat manipulyatori". Ular qaysi soʻzning oʻrnini bosadi?