Bu soʻz bilan tinmay yolgʻon gapiradigan, duch kelganga vaʼda beradigan, olomonga xushomad qiladigan va bularning barchasini maʼlum maqsadlarda mashhurlikka erishish uchun qiladigan odam tushuniladi. Vaholanki, Qadimgi Gretsiyada bu soʻz "xalq yoʻlboshchisi" degan maʼnoni anglatgan! Mana, oʻtgan asrlar davomida hammasi qanday oʻzgarib ketdi. Bu qaysi soʻz?