Afsonaga koʻra, Norvegiya poytaxtining uzoq muddatli qamalidan soʻng, Shvetsiya qiroli uning taqdirini Norvegiya qiroli Olaf bilan oʻyin suyaklari (oshigʻi) yordamida hal qilishga qaror qildi va Olaf bunga rozi boʻldi. Shvetsiya qiroli suyaklarni birinchi boʻlib tashladi va ikkita olti (yaʼni 12 ochko) chiqardi, shunga qaramay, Olaf koʻproq ochko toʻplashga muvaffaq boʻldi va poytaxt Norvegiyaniki boʻlib qoldi. U buni qanday uddaladi va necha ochko toʻpladi?
Bitta suyak yorilib ketdi va boʻlaklari 7 ni koʻrsatdi, ikkinchisida esa olti chiqdi. 13.