1. Oʻyinlarda 78 mamlakatdan 2399 nafar sportchi 15 yoʻnalish boʻyicha 78 ta musobaqada ishtirok etishdi. Norvegiya 13 ta oltin va 25 ta medal bilan medallar jadvalida peshqadamlik qildi, Germaniya esa 36 ta medal jamgʻarib umumjamoa hisobida ikkinchi oʻrinni egalladi. Mezbon Qoʻshma Shtatlar umumjamoa hisobida YUTA olmadi va uchinchi boʻldi. Savol: Oʻyinlar qaysi shtatda boʻlib oʻtgandi. 2. U Oʻzbekistonga Belorussiyadan urugʻlik kartoshka bilan dastlab Boʻstonliq va Soʻx tumanlariga 1972-yil kelib qolgan. Uning nomida uchrovchi toponimni yozib bering. 3. Savol matnidagi 2 soʻz boshqa bir soʻzga almashtirilgan. Uning shaharlari turkumiga: Kasa Grande, Tuson va poytaxt "oʻlib tiriluvchi" shaharlardan iborat. Siz almashgan soʻzni emas, uni yozib bering. 4. Bu yerning norasmiy bayrogʻida 47 sonini koʻrish mumkin. MEKSIKA bilan chegaradosh, Poytaxti - Santa-Fe. Savol: 1912-yil 6-yanvarda tashkil etilgan bu yerni yozib bering.