gotquestions.online

Pentablits. Har biri 12 soniyalik muhokamadan iborat beshta savol, javoblar bitta blankada topshiriladi. 1. Bir guruhning albomida inson tomonidan robotlar yaratilishi haqida hikoya qilinadi. Aytish mumkinki, ushbu albomdagi qoʻshiqlardan birining nomida Britaniya rok-guruhining nomi tilga olingan. Bu nom odatda oʻzbek (yoki rus) tiliga qaysi soʻz bilan tarjima qilinadi? 2. 1940-yillarda qochqinlarni Britaniya hududiga yetkazishga harakat qilgan Ayk Aaronovich qoʻmondonligidagi kema qanday soʻz bilan atalgan? 3. Sergey Adamskiyning sheʼrida “gunoh qilayotganlarga gunoh qilmaslikni U buyuradi”. UNI bir soʻz bilan ayting. 4. 5 yillik faoliyati davomida 1500-2000 nusxa tiraj bilan 250-300 sahifalik 8 ta kitobda 10 ta soni chiqqan jurnal qanday soʻz bilan atalgan? 5. Xyui, Dyui va Lui – Donald Dakning jiyanlari. Bir versiyaga koʻra, Dyuining toʻliq ismi oʻzbek (yoki rus) tiliga “U” deb tarjima qilinadi, garchi aka-ukalarning oʻrtanchasi mutlaqo huquqshunos boʻlmoqchi emas. UNI bir soʻz bilan ayting.

Manba