Penta-blits. Muhokama uchun 12 soniyadan beriladigan beshta savol. Javoblar bitta blankada topshiriladi. 1). Adabiy manbada uning rangi mumdek sariq deb koʻrsatilgan. UNI birinchi marta ayting. 2). Bernard Rouz yozishicha, UNING prototipi arslonni oʻldirgan bibliyadagi Samson boʻlgan, oʻsha arslon tanasidan asalarilar paydo boʻlgan. UNI ikkinchi marta ayting. 3). Virjiniya Medsen UNING afroamerikalik Drakula sifatida oʻylanganini taʼkidlagan. UNI uchinchi marta ayting. 4). Klayv Barker UNI Pinxed kabi xarizmatik qilishga harakat qilganini aytgan. UNI toʻrtinchi marta ayting. 5). Muallif toʻxtashni va chiziqcha chizib topshirishni maslahat beradi. Yoki uni beshinchi marta ayting.