AQSHning 100 yilligiga bagʻishlangan Filadelfiya koʻrgazmasida D.I. Mendeleyev Rossiya ekspozitsiyasi pavilyonlarini boshqarayotgan rus ishchilari bilan suhbatlashib qoldi. Ularga Amerikada hamma narsa yoqmasdi: hamma narsa ahmoqona, betoqat, odamga xos emasdek edi. "Lekin yaxshi narsalar ham bor-ku, — dedi Mendeleyev. — Masalan, mana qarang, mastlar deyarli yoʻq...". Ishchilar nima deb javob berishdi?
"E, bu ularning arogʻi ham rasvo boʻlganidan: uni ichib mast boʻlib boʻlmaydi!"