10-asrda qirol Stiven Drjislav venetsiyaliklarga qarshi jangda asirlikka tushib qoladi. Qirolning yaxshi shaxmat oʻynashini bilgan venetsiyalik yetakchi unga shartnoma taklif qiladi va 3 oʻyinlik shaxmat partiyasi tashkil qilinadi. Qirol Drjislavning gʻalabasi oʻzining ozodligiga hamda Dalmatiya va Adriatika boʻylaridagi shaharlarni nazorat qilish huquqini beradi. Savol: Ushbu voqea hozirgi qaysi davlat tarixida esga olinadi?