Baʼzi olimlarning fikriga koʻra, bugungi kunda zoologlarga yer yuzi faunasi vakillarining atigi 10 foizi maʼlum. Fan uchun nomaʼlum hayvonni kashf qilish baxti biologga eng kutilmagan daqiqada nasib etishi mumkin. Nemis olimi Krumbigel Antarktida haqidagi filmni koʻrish uchun kinoteatrga borib, pingvinlarning yangi turini kashf qildi. Gollandiyalik tabiatshunos Mark van Roosmalenga esa choʻchqaning yangi turini kashf qilish nasib etdi! Bu voqea Braziliyaning Rio-Aripuana degan joyida sodir boʻldi... Qanday vaziyatda?