[Boshlovchiga: agar reglament boʻyicha tanaffus 10 daqiqa emas, koʻproq yoki kamroq davom etsa, savol matniga tegishli oʻzgartirish kiritish lozim.] Tanaffusdan oldingi oxirgi savol. Tanaffus roppa-rosa 10 daqiqa davom etadi, kechikmasligingizni soʻraymiz. Qadimgi druidlar taʼlimoti haqida gapirganda, Sezar uni maʼlum bir lotincha soʻz bilan ataydi. Bu soʻz druidlar bilimining tartibli xarakterini taʼkidlaydi. Ushbu soʻzni lotincha yoki oʻzbekcha yozing.