Mana uning soʻzli otoportreti: "... — bu gʻarib, yarim tirik mavjudot boʻlib, insonparvar shifokor, aslida, u dunyoga qichqiriq bilan kelgan lahzada uni boʻgʻib oʻldirishi kerak edi. Asosiy fazilatlari: tirnoqlarini doimo toza tutadi va hech qachon hech kimga ogʻirligi tushmagan. Asosiy kamchiliklari: oilasi yoʻq, feʼl-atvori yomon va hazm qilish tizimi zaif. Yagona istagi: tiriklayin koʻmilmaslik. Eng katta gunohi: boylikka sigʻinmaslik. Hayotidagi eng buyuk voqealar: yoʻq". Bu odamning otasi 1-gildiya savdogari unvonini olgan, akasi esa Rossiyaning birinchi neft sanoatchilaridan biri sifatida tanilgan. Ushbu shaxsning asosiy muassasasini (tashkilotini) ayting.