Blits. "Qiziqarsiz bayonlar" internet-hamjamiyatida mashhur filmlarning qisqa va noodatiy tavsiflari berilgan. Masalan, "Begona" (Chujoy) filmi uchun annotatsiya "Astronavtlarning oshqozoni buziladi", "Xobbit"ga esa — "Uysizlar toʻdasi uyni oʻmarish uchun oʻgʻrini yollaydi" deb yozilgan. 1. Qaysi multfilm shunday tasvirlangan: "Koʻcha oʻgʻrisi koʻk ranglidan yordam soʻraydi"? 2. Qaysi ekranizatsiya shunday tasvirlangan: "Oilaviy janjal koʻchib ketish bilan tugaydi"? 3. Qaysi ekranizatsiya shunday tasvirlangan: "Yigit sevib qoladi va buning uchun akasidan kaltak yeydi"?