Blits. 1. Internetdagi bir yumoristik saytda kompyuterdan oldingi davr bilan kompyuter davri oʻrtasidagi farqlarning hazilomuz roʻyxati eʼlon qilingan. Ushbu roʻyxatga koʻra, kompyuterdan oldingi davrda pianinoning atributi boʻlgan narsani ayting. 2. Internetdagi bir yumoristik saytda kompyuterdan oldingi davr bilan kompyuter davri oʻrtasidagi farqlarning hazilomuz roʻyxati eʼlon qilingan. Ushbu royxatga koʻra, kompyuterdan oldingi davrda odamlar yoshi oʻtishi bilan nimasini yoʻqotishgan? 3. Internetdagi bir yumoristik saytda kompyuterdan oldingi davr bilan kompyuter davri oʻrtasidagi farqlarning hazilomuz roʻyxati eʼlon qilingan. Ushbu roʻyxatga koʻra, kompyuterdan oldingi davrda beldagi kuchli ogʻriq nimaning shikastlangani haqida xabar bergan?
1. Klaviatura. Qabul qilinadi: Tugmalar. 2. Xotira. 3. Disk.