Duplet. 1. "Katta portlash nazariyasi" serialidagi ajralmas doʻstlar Sheldon va Leonard insonlarga xos boʻlmagan intellektga ega. Sheldon — baland boʻyli, oʻta sinchkov pedant, Leonard esa — kichik boʻyli, chaqqon va sarguzashtlarga moyil. Serialning epizodlaridan birida Sheldonni kimga qiyoslashadi? 2. Professional darts ustasi Ted Xenki musobaqalarga Drakula qiyofasida chiqadi. Bir safar sharhlovchi Xenki uchun boshqa bir kino yovuzining kostyumi mos kelishini aytib hazillashdi. Toʻgʻri, u holda uning unvoni bitta harfga uzunroq boʻlar edi. U holda uning ismi qanday boʻlardi?