Duplet. Har biri uchun 30 soniyadan muhokama vaqti beriladigan ikkita savol. Javoblar bitta blankda topshiriladi. Shu nomli serialdagi yosh Sheldon butun maktabni Nobel mukofoti sovrindorlari eʼlon qilinishining radiotranslyatsiyasiga taklif qiladi, ammo hech kim kelmaydi. 1. Mahzun Sheldon oʻzini UNGA oʻxshatadi. UNI italyancha kelib chiqishga ega soʻz bilan ayting. 2. Sheldonning azoblarini yanada kuchaytirgandek, oʻz vaqtida IKSlar mavjudligini tasdiqlagan tajribalari uchun uch nafar olim Nobel mukofoti sovrindori deb eʼlon qilinadi. IKSni bir soʻz bilan ayting.