Zamonaviy texnologiyalar mavzusini davom ettiramiz. Oldingi savolda aytib oʻtganimdek texnologik taraqqiyot kosmik tezlikda rivojlanmoqda. Ayni kundalik hayotimizda ishlatadigan oddiy narsalardan tortib, kelgusida hayotimizni yengillashtirishga moʻljallangan juda koʻplab yangiliklar joriy etilmoqda. Lekin shunday moslama bor ekanki, mana 5 ming yildan beri deyarli oʻzgarmasdan qolmoqda. Faqatgina qadimgi Rim imperiyasi davrida ular boshqacharoq koʻrinishga ega boʻlgan. Eramizning III asrga keliboq hozirgi holatiga ega boʻlgan. Oʻrta asrlarga kelib esa, oʻz mukammal darajasiga yetgan. Odatda biz ularning bir nechtasidan, bir vatqning oʻzida foydalanimz. Baʼzi insonlar esa, U omad va himoya keltirishiga ishonishadi. Yana bir qiziq maʼlumot, Aydaxo shtatining Nyu-Plimut shahri “dunyodagi eng katta U” hisoblanadi. Diqqat savol: texnologik rivojlanishga qaramay, ming yillardan beri deyarli oʻzgarmay kelayotgan moslamani yozib bering.