Yunon-Rum kurashi boʻyicha uch karra Olimpiada chempionligini qoʻlga kiritgan Aleksandr Karelin shunday fikr bildiradi: "Sportchining murabbiyga boʻlgan xurmati mashgʻulotlarga oʻz vaqtida kelishi bilan ifodalanadi. Raqibga boʻlgan xurmat esa musobaqa boshlanishidan yoki gilamga chiqishdan oldin BU ISHNI qilishingiz bilan ifodalanadi". BU ISHNI qilish uchun foydalanadigan predmet esa sandiqchada turibdi. Diqqat savol: Sandiqchada nima bor?