Maʼlum bir mashhur syujetga koʻra, bir guruh odamlar bir-biriga yordam berib, oʻz hayotidan xavotirlanib chiqish yoʻli tomon shoshilishadi. Youtubeʼdagi unchalik eski boʻlmagan boshqa bir syujetga koʻra esa, bir guruh odamlar hayotidan mutlaqo xavotirlanmay, bir-birini turtib-surib kirish yoʻli tomon shoshilishadi. Bu syujetlarning nomlari uchta soʻzdan faqat bittasi bilan farq qiladi. Ushbu ikki soʻzni toʻgʻri tartibda yozing.