Yevroparlamentda 27 mamlakatdan 705 ta deputat saylanadi. Hozirda ushbu organ dunyodagi eng taʼsirchan qonun chiqaruvchi organlardan biridir. Uning faoliyati uchun sarf-xarajat ham oʻziga yarasha. Misol uchun, 2021-yil uchun Yevroparlament yillik byudjeti 2 milliard yevrodan ortiq boʻlib, 22% xarajatlar bino, IT, maʼmuriyat xarajatlari, 26% xarajatlar siyosiy fraksiyalar faoliyatini qoʻllab quvvatlashga ketgan ekan. Savol: Yevroparlament xarajatlarining 25%dan ortigʻi – 460 million yevro nima uchun sarflanganligini toping.