Yaqindan boshlab AQSh aviakompaniyalari uchuvchilar uchun moʻljallangan ULARNI planshetga yuklay boshladi. Natijada har bir samolyot 15 kilogrammdan ortiq vaznga yengillashdi. Hisob-kitobga koʻra, bu yirik aviakompaniyaga yiliga yoqilgʻiga ketuvchi bir millon dollardan ortiq mablagʻni tejashga yordam berar ekan. Vazirlik va idoralarda turli yoʻnalishlardagi ularni uchratish mumkin. Savol: ULARNI nimaligini toping.