Yaqinda YChL doirasida boʻlib oʻtgan Barselona : PSJ matchi boshlanishi bilanoq rus sharhlovchilaridan biri USHBU IBORAni eslab oʻtadi. Oʻyin yakunida esa USHBU IBORA haqiqat boʻlib chiqdi. Savol muallifi USHBU IBORAning kelib chiqishini bilish maqsadida internetga qidiruv berganida, google qidiruv tizimi L. Kerollning “Alisa koʻzgu ortida” asari boshlanishidagi parchani taqdim etdi. Diqqat, savol: USHBU IBORAni yozib bering.