Yaqinda Yaponiyada U boʻyicha Jahon Chempionati tashkil qilindi, chempionatda 20 ta davlatdan kelgan jamoalar, mamlakat koʻchalarida oʻz “nishonlarini” 90 daqiqa davomida hammadan koʻproq toʻplashi kerak edi. Jamoalarga ballar “nishonning” miqdori va turiga qarab beriladi. Qiziq jihati ushbu chempionatda yaponlar emas, Buyuk Britaniyadan kelgan jamoa gʻolib boʻldi. Savol: Chempionat nomini xohlang oʻzbekcha boʻlmagan bir soʻzda, xohlang oʻzbekchada bir necha soʻzda yozib bering.