Yaponlar haqida hikoya qiluvchi asarda yozilishicha, avvallari Osaka aholisi yaxshi taomlarni, Kioto aholisi esa chiroyli kiyimlarni xush koʻrishgan. Shuning uchun yaponlarda bu yomon hodisa Osakada ochkoʻzlar, Kiotoda esa satanglar bilan sodir boʻladi degan maqol bor edi. Oʻzbekistonda 2022-yildan boshlab jismoniy shaxslar ham qonunan bu yomon hodisaga uchrashi mumkinligi belgilandi. Savol: Ushbu hodisani toping.