Yan Van Eyk muallifi boʻlgan ushbu tablo “Arnolfini oilasining portreti” deb ataladi. Bir necha asrlar davomida ushbu rasm saqlanayotgan London Milliy Galereyasida boshqalardan hech narsa bilan ajralib turmasdi. Ammo soʻnggi yillarda ushbu tabloning mashhurligi misli koʻrilmagan darajaga yetdi. Hatto muzey rahbariyati rasmning joyini oʻzgartirib, uni muzeyning eng koʻzga koʻringan joyiga osib qoʻydi. Diqqat savol: Xoʻsh, ushbu rasmga koʻproq qaysi davlatdan kelgan turistlar qiziqish bildirmoqda?