XXI asr boshlarida bir qator davlatlar Qizil Xoch ramzlariga qoʻshimchalar kiritish boʻyicha takliflar berishdi. Odatda, milliy bayroqda mavjud boʻlgan ramzlarning qizil rangdagisi taklif qilingan. Masalan, Hindiston oq fonda qizil gʻildirakni, Suriya — qizil palmani, Livan — qizil kedrni taklif qildi. Yana bir davlat oʻz milliy bayrogʻidan foydalanishni va unga, har ehtimolga qarshi, qizil chiziq qoʻshishni taklif qildi. Ushbu davlatni ayting.