Yaqinda "Robb Riport" jurnali XXI asr uchun eng orzu qilingan sovg'alar ro'yxatini e'lon qildi. Bunday sovg'alarni kamdan-kam odam sotib olishi mumkin, masalan, 30 million dollarlik sport zali va marmar xolli 50 metrli yaxta, 258 ming dollarlik "Ferrari" yoki 7,75 million dollarlik noyob cho'ntak soati. Juda ko'p pul sarflashni istamaydiganlar uchun "Robb Riport" bor-yo'g'i 9 dollar 99 sentlik sovg'ani taklif qiladi. Bu nima?
Yuqoridagi ro'yxat chop etilgan "Robb Riport" jurnalining o'zi.