gotquestions.online

Qora tanli amerikalik uzunlikka sakrovchi Bob Bimonning 1968-yilgi Mexiko Olimpiadasida koʻrsatgan shov-shuvli natijasini "XXI asrga sakrash" deb atashgan. U 8 metr 90 santimetrga sakrab, avvalgi jahon rekordini naqd 55 sm ga yangiladi. Uzunlikni oʻlchovchi elektron moslama maksimal 8 m 60 sm natijaga sozlangan edi, shuning uchun ruletkadan foydalanishga toʻgʻri keldi. Oʻlchash jarayoni ketayotganda stadion nafasini yutib turdi, natija eʼlon qilinganda esa tomoshabinlar hayqirib yuborishdi. Faqatgina Bimon tabloni kuzatar ekan, haqiqiy olimpiyacha xotirjamlikni saqlab qoldi. Sportchining bunday gʻalati reaksiyasi nima bilan tushuntiriladi?

Manba