Yuqorida tilga olingan Ginnesning rekordlar kitobida qimmatbaho suratlar bilan bogʻliq bir nechta rekordlar qayd etilgan. Masalan, eng qimmat surat sifatida Vinsent Van Gogning "Doktor Gashe portreti" koʻrsatilgan. Ayol rassomning eng qimmat surati — Meri Kassatning "Qutida" asari. XX asrning eng qimmat surati — Pablo Pikassoning "Le Noces de Pierrette" asari. XV asrda chizilgan "Argonavtlarning suzib ketishi" surati esa qaysi rekord bilan bogʻliq?