XX asr boshlarida Rossiyada bu juda keng tarqalgan familiya toʻrt xil koʻrinishda uchrar edi. Askarlar va oddiy xalq uni uchinchi boʻgʻinga urgʻu berib talaffuz qilishgan. Ofitserlar va boshqa "aslzoda" tabaqa vakillari koʻpincha familiyalarida urgʻu ikkinchi boʻgʻinga qoʻyilishini talab qilishgan. Kelib chiqishi serb boʻlgan kam sonli familiya egalari urgʻuni birinchi boʻgʻinga qoʻyishgan. Toʻrtinchi tur tarafdorlari esa tilga olingan uchta variantni juda oʻtkinchi deb hisoblab, biroz uzunroq imzo chekishgan... Aynan qanday?