XX asr boshlari, Samarqand shahrida olingan ushbu suratning markazida oʻtirgan kishi Shayx, oʻng tomonidagi kishi esa U boʻladi. U soʻzining kelib chiqishi asli ikki soʻz birikmasidan iborat boʻlib, «fozil emas» degan maʼnoni anglatadi. Mahalliy aholi tomonidan kishini ilmda yuqori martabaga koʻtarilgani sayin unga kamtarlik va nafsni past olishni anglatadigan unvon berilib shu nos bilan chaqirilgan. Afsuski, hozirgi zamondagi ular orasida soʻzning asl lugʻaviy maʼnosiga toʻgʻri keluvchilar koʻpaygani, sohalar boʻyicha yaxshi mutaxassislar chiqishini kamayishiga sabab boʻlyapti. Uni bir soʻz bilan ayting.