XX asrning oʻrtalarida Yevropa mamlakatlaridan birida ikkita koʻp jildli nashr chop etildi. Birinchisi — oʻz davrida katta hokimiyatga ega boʻlgan shaxs qalamiga mansub harbiy mavzudagi hujjatli asar. Ikkinchisi esa badiiy asar. Koʻpgina tanqidchilarning fikricha, ikkinchi asar muallifi uni birinchi asarda tasvirlangan voqealar taʼsirida yaratgan. Ammo birinchi asarni asosan mutaxassislar oʻqisa, ikkinchisi hozirgacha oʻz mashhurligini yoʻqotmagan. Boz ustiga, yaqinda u katta jamoaning mehnati tufayli butun dunyo boʻylab yangi muxlislarga ega boʻldi. Bir daqiqadan soʻng, ushbu jamoaga rahbarlik qilgan janublikning ismini yozing.