Duplet. Har biriga o‘ttiz soniyadan muhokama vaqti beriladigan ikki savol, javoblar bitta blankda topshiriladi. XX asr boshlarida gimnaziya o‘quvchi qizlari orasida mashhur bo‘lgan albomlar, kundaliklar va otkritkalar bir podkastda zamonaviy ULARGA o‘xshatildi. ULARNI bir xil harf bilan boshlanadigan ikki so‘z bilan ayting. Ko‘pincha qizlar o‘z albomlarini dugonalariga berishgan, ular esa, ta’bir joiz bo‘lsa, SHUNDAY QILISHGAN. Podkast boshlovchisi ham tinglovchilarga SHUNDAY QILISHNI taklif qildi. Qisqa inglizcha so‘zdan foydalanib javob bering: aynan nima qilishni?
1. ijtimoiy tarmoqlar (social networks), 2. layk bosish (like)