XX asr boshlarida mashhur amerikalik raqqosa Loi Fuller gazetalarni oʻqib chiqib, gʻayritabiiy raqs libosini yaratish orqali ommani hayratda qoldirishga qaror qildi. Ushbu ayol murojaat qilgan ikki kishining familiyasini ayting. (Eslatma: ular aka-uka yoki opa-singil EMAS...)
Raqqosaning niyatiga koʻra, uning koʻylagi qorongʻuda porlashi kerak edi... Va u radioaktiv moddalar soʻrab er-xotin Kyurilarga murojaat qilgan.