gotquestions.online

Baʼzi olimlarning fikriga koʻra, aytilgan yoki yozilgan, mavhum tushuncha bilan ifodalanmagan soʻz insonda buyumga mos keladigan vizual tasvirni uygʻotadi. Bu tasvir inson tomonidan ongsiz darajada qabul qilinadi, demak, aniq anglanmaydi va oʻziga xos "aqliy odat" hisoblanadi. Ammo bu soʻz va vizual tasvir alohida ishlay olmaydi degani emas. XX asr boshlaridagi mashhur rassom Rene Magritt bir rasm chizgan. Unda trubka (tamaki chekish asbobi) tasvirlangan. Savol: rassomning narsalarga nisbatan shunday qarashini hisobga olib, bir daqiqa ichida rasmning nomini yozishga harakat qiling.

Manba