Gus Xiddink rafiqasiga ushbu rus soʻzining maʼnosini shunday tushuntirgan: «tasavvur qil: aerodromning uchish-qoʻnish yoʻlagida ketyapsan va samolyotni koʻryapsan. U eskirgan, bir qanoti ikkinchisiga qaraganda boshqacha burchak ostida osilib turibdi. Uchuvchi biroz mast, uchish paytida hamma narsa xuddi samolyot yuz yoshga kirgandek titraydi va shovqin soladi. Shunda yoʻlovchilar xoʻrsinib ushbu soʻzni tilga oladilar». XX asr asarida transport vositasi nomiga aylangan ushbu soʻzni ayting.