XX asr oʻrtalarida Meksikada reklama deyarli barcha aholi qatlamlarini qamrab olgan edi. Masalan, ateist aholi uchun "Mexoral" bosh ogʻrigʻi dori vositasi reklamasi boshiga toʻgʻnogʻichlar, qisqichlar, tugmalar, ignalar va shunga oʻxshash oʻtkir narsalar sanchilgan azob chekayotgan ayolni tasvirlagan. Dindorlar uchun moʻljallangan reklamada esa ayol oʻrniga mashhur shaxsning portreti, yuqoridagi narsalar oʻrniga esa... nima tasvirlangan edi?