Rual Amundsen navbatdagi shimoliy ekspeditsiyaga otlanar ekan, o‘sha davr muhandislik g‘oyasining so‘nggi yutug‘i bo‘lgan anjomlar bilan qurollanadi. Birinchi qutb tunidan keyin u chorasiz vaziyatda qoladi. Halok bo‘lmaslik uchun pichoqni ishga solishga majbur bo‘ladi. Amundsenga muammo tug‘dirgan ushbu qurilma XX asr oxirida yana bir mashhur shaxsga katta ko‘ngilsizliklar keltirdi. Bu shaxsning ismini aytish shart emas — qurilmani ayting.