XX asr boshidagi ingliz rassomi Maks Birbomning ikkita karikaturasida Bernard Shou va aktrisa Stella Kempbell tasvirlangan boʻlib, ularni bir vaqtlar romantik, ammo murakkab munosabatlar bogʻlab turgan. Birinchi rasmda Shou kelishgan yosh yigit, Kempbell esa goʻzal qiz sifatida tasvirlangan. Ikkinchisida esa — abgor chol va semiz xotin. Birinchi va ikkinchi karikatura taxminan qanday nomlanganini ayting?
Birinchisi — "Missis Kempbell va mister Shou oʻzlariga qanday koʻrinsalar", ikkinchisi — "Missis Kempbell va mister Shou bir-birlariga qanday koʻrinsalar".